8-sinflar uchun “Time Management” (Vaqtni boshqarish) mavzusida seminar-trening o‘tkazildi Bugun maktab-internatimizda 8-sinf o‘quvchilari uchun “Time Management” (Vaqtni boshqarish) mavzusiga bag‘ishlangan seminar-trening tashkil etildi. Ushbu mashg‘ulot davomida o‘quvchilarga vaqtni rejalashtirish, ustuvorliklarni belgilash, maqsad qo‘yish va dars hamda kundalik hayotda samarali vaqt taqsimlash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar berildi. 📚 Trening davomida quyidagi interaktiv o‘yin va mashqlar o‘tkazildi: 1️⃣ “24 soatni taqsimla” — o‘quvchilar bir kunlik vaqtini turli faoliyatlar bo‘yicha ajratib, qayerga qancha vaqt sarflayotganini o‘rganishdi. 2️⃣ “Ustuvorlik piramidasi” — muhim va shoshilinch vazifalarni ajratib, ularni piramida shaklida tartibga keltirish mashqi. 3️⃣ “10 daqiqada reja tuz” — kichik topshiriqlarni tez va samarali rejalashtirish bo‘yicha amaliy mashq. 4️⃣ “Chalg‘ituvchi omillar” — diqqatni boshqarish va chalg‘ituvchi signallarga qaramasdan vazifani bajarish mashqi. 👩🏫
