DataLife Engine / Bog‘ot tuman 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati

Bog‘ot tuman 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati

8-sinflar uchun “Time Management” (Vaqtni boshqarish) mavzusida seminar-trening o‘tkazildi

Bugun maktab-internatimizda 8-sinf o‘quvchilari uchun “Time Management” (Vaqtni boshqarish) mavzusiga bag‘ishlangan seminar-trening tashkil etildi.

Ushbu mashg‘ulot davomida o‘quvchilarga vaqtni rejalashtirish, ustuvorliklarni belgilash, maqsad qo‘yish va dars hamda kundalik hayotda samarali vaqt taqsimlash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar berildi.

📚 Trening davomida quyidagi interaktiv o‘yin va mashqlar o‘tkazildi:

1️⃣ “24 soatni taqsimla” — o‘quvchilar bir kunlik vaqtini turli faoliyatlar bo‘yicha ajratib, qayerga qancha vaqt sarflayotganini o‘rganishdi.

2️⃣ “Ustuvorlik piramidasi” — muhim va shoshilinch vazifalarni ajratib, ularni piramida shaklida tartibga keltirish mashqi.

3️⃣ “10 daqiqada reja tuz” — kichik topshiriqlarni tez va samarali rejalashtirish bo‘yicha amaliy mashq.

4️⃣ “Chalg‘ituvchi omillar” — diqqatni boshqarish va chalg‘ituvchi signallarga qaramasdan vazifani bajarish mashqi.

👩‍🏫 Mashg‘ulotni maktab-internati maslahatchisi L. Matnazarova olib bordi.

💡 O‘quvchilar dars davomida o‘z vaqtlarini qanday samarali boshqarish mumkinligini amaliy tarzda o‘rgandilar, interaktiv o‘yinlar orqali ko‘nikmalarini mustahkamlashdi.
4-12-2025, 15:06
Вернуться назад