Bogʻot tuman 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida “O‘zbek madaniyati” mavzusida navbatdagi “Kelajak soati” mashgʻuloti tashkil etildi. 📚 Mashgʻulot davomida o‘quvchilarga o‘zbek xalqining boy madaniy merosi, milliy urf-odat va an’analari, qadriyatlari hamda ularning bugungi kundagi ahamiyati haqida tushunchalar berildi. 🎭 Shuningdek, o‘quvchilar milliy liboslar, kuy-qo‘shiqlar, xalq og‘zaki ijodi namunalariga oid bilimlarini namoyon etdilar. 💬 Suhbat va muhokamalar jarayonida o‘quvchilar milliy madaniyatimizni asrash va rivojlantirish borasida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar. ✨ Mazkur mashgʻulot o‘quvchilarda milliy g‘urur, Vatanga muhabbat va qadriyatlarga hurmat tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.
