Agentlik direktori Sevara Shakirova hamda Syan Jiaoton universitetining Xalqaro hamkorlik va almashinuv departamenti direktori Venyfen Lyu o‘rtasida muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Hamkorlik quyidagi yo‘nalishlarni qamrab oladi: ➖ ilmiy kadrlar tayyorlash: seminar, stajirovka, konferensiyalar ➖ ilmiy maqolalar va nashrlar almashinuvi ➖ qo‘shma ilmiy tadqiqotlar ➖ talabalar va o‘qituvchilar uchun akademik mobillik dasturlari ➖ qisqa va uzoq muddatli stajirovkalar ❗️ Memorandum 5 yilga imzolandi va ikki tomonlama qo‘shma komissiyalar, ekspert guruhlarini tuzishni nazarda tutadi. 📎Ushbu hamkorlik O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi ilmiy-ta’lim aloqalarini yangi bosqichga olib chiqib, xalqaro standartlardagi malakali kadrlarni tayyorlashga xizmat qiladi.
