
Agentlik direktori Sevara Shakirova hamda Syan Jiaoton universitetining Xalqaro hamkorlik va almashinuv departamenti direktori Venyfen Lyu o‘rtasida muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi.Hamkorlik quyidagi yo‘nalishlarni qamrab oladi:
➖ ilmiy kadrlar tayyorlash: seminar, stajirovka, konferensiyalar
➖ ilmiy maqolalar va nashrlar almashinuvi
➖ qo‘shma ilmiy tadqiqotlar
➖ talabalar va o‘qituvchilar uchun akademik mobillik dasturlari
➖ qisqa va uzoq muddatli stajirovkalar
❗️ Memorandum 5 yilga imzolandi va ikki tomonlama qo‘shma komissiyalar, ekspert guruhlarini tuzishni nazarda tutadi.
📎Ushbu hamkorlik O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi ilmiy-ta’lim aloqalarini yangi bosqichga olib chiqib, xalqaro standartlardagi malakali kadrlarni tayyorlashga xizmat qiladi.