Bogʻot tuman 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida fizika fanidan ochiq dars o‘tkazildi. Dars 9-A sinf o‘quvchilari bilan “Linzalar. Yig‘uvchi va sochuvchi linza” mavzusida tashkil etildi. 📘 Mashg‘ulot davomida o‘quvchilarga linzalarning tuzilishi, ularning optik xususiyatlari, yig‘uvchi va sochuvchi linzalarda tasvir hosil bo‘lishining nazariy asoslari batafsil tushuntirildi. O‘quvchilar nur sinishi, fokus masofasi va tasvirning joylashuvi kabi asosiy optik qonuniyatlar bilan tanishdilar. 👩🏫 O‘qituvchi: Ollamova Iqbol, fizika fani o‘qituvchisi
