ugun Agentlik direktori Sevara Shakirova YUNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Rexina Mariya Kastixo hamda YUNISEFning ta’lim bo‘limi rahbari Alberto Biankoli bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda sifatli ta’limni rivojlantirish, ixtisoslashtirilgan maktablar tajribasini umumta’lim tizimiga integratsiya qilish va o‘zaro hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi. 2025-yilda amalga oshirilgan ishlar, erishilgan natijalar va yutuqlar yuzasidan ma’lumot berildi. YUNISEF vakillari O‘zbekiston ixtisoslashtirilgan maktablari va Prezident maktablari faoliyatini yuqori baholadi. 🌿Ekologik ta’lim yo‘nalishiga alohida e’tibor qaratildi. 2021-yildan buyon Agentlik maktablari xalqaro Eco school dasturida ishtirok etib kelmoqda. Bugunga qadar 8 ta maktab “Yashil bayroq” bilan taqdirlandi hamda 50 dan ortiq issiqxona barpo etildi. Shuningdek, 50 dan ortiq chekka hududlardagi maktablarda matematika ta’limiga sun’iy intellektni joriy etish dasturi taqdim etildi. Tomonlar O‘zbekistonning
