Mazkur dasturda A.Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy instututi hamda Buxoro, Farg‘ona, Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazlaridan 20 nafar master trenerlar ishtirok etmoqda. Unda ishtirokchilar zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, sun’iy intellekt imkoniyatlari hamda ularni o‘quv jarayoniga integratsiya qilishning innovatsion pedagogik yondashuvlari bo‘yicha bilim va ko‘nikmaga ega bo‘lmoqdalar. 💬Treningning birinchi bosqichi 5-dekabrga qadar davom etadi.
