

Bog'ot tuman 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining pedagoglari N.Sardarova, G.Yusupova, I.Ollamova va R.Sharipboyevalar tumanda joylashgan 3-va 8-son umumta'lim maktablarida va 47-son AFCHSO'MMda targ‘ibot-tashviqot ishlarini amalga oshirdilar.Uchrashuv davomida:
🔹 Ixtisoslashtirilgan maktab-internatining o‘quv jarayonlari, darslarda qo‘llaniladigan zamonaviy metodlar haqida ma’lumot berildi;
🔹 Kimyo fani chuqurlashtirib o‘qitish yo‘nalishidagi imkoniyatlar tanishtirildi;
🔹 O‘quvchilarning qiziqtirgan savollariga batafsil javob berildi.
✨ Tadbir samimiy va faol muloqot ruhida o‘tdi. Bunday uchrashuvlar yoshlarning bilimga bo‘lgan qiziqishini oshiradi hamda ular uchun yangi maqsadlar sari yo‘l ochadi.
⚡️ Bog'ot tuman 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati — sifatli ta’lim, keng imkoniyatlar!