DataLife Engine / Bugun butun Respublikamiz boʻylab Asosiy olimpiadaning hududiy bosqichi gʻoliblarini tantanali taqdirlash marosimi tashkil etildi.

Bugun butun Respublikamiz boʻylab Asosiy olimpiadaning hududiy bosqichi gʻoliblarini tantanali taqdirlash marosimi tashkil etildi.

Unda mas'ullar, olimpiada ishtirokchilari, ota-onalar hamda keng jamoatchilik ishtirok etdi.

Olimpiadada 1-,2-,3-oʻrinlarni qoʻlga kiritgan oʻquvchilar maxsus Diplom hamda bir martalik belgilangan miqdordagi pul mukofotlari bilan taqdirlandi.

📊 Ma'lumot oʻrnida: olimpiada 24-noyabr-3-dekabr kunlari bo‘lib o‘tdi, unda 31 ming nafardan ortiq oʻquvchilar ishtirok etishdi.

4-12-2025, 19:00
Вернуться назад