DataLife Engine / Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-noyabrdagi tegishli

Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-noyabrdagi tegishli

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 572-son qarori bilan tasdiqlangan “Maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom”ga tegishli oʻzgartirishlar kiritilgan.

➡️ Unga koʻra, quyidagi pedagog kadrlarga malaka toifasi toʻgʻridan-toʻgʻri (attestatsiyadan oʻtkazilmasdan) beriladi:

👉 Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan roʻyxati tasdiqlanadigan sport musobaqalarining:

➖ (https://t.me/uzbekistan24_tvnews/268419) xalqaro hamda respublika bosqichida 3-oʻrinni egallagan tarbiyalanuvchisini tayyorlagan maktabgacha taʼlim tashkilotlarining jismoniy tarbiya yoʻriqchilariga — ikkinchi malaka toifasi;

➖ (https://t.me/uzbekistan24_tvnews/268419) xalqaro hamda respublika bosqichida 2-oʻrinni egallagan tarbiyalanuvchisini tayyorlagan maktabgacha taʼlim tashkilotlarining jismoniy tarbiya yoʻriqchilariga — birinchi malaka toifasi;

➖ (https://t.me/uzbekistan24_tvnews/268419) xalqaro hamda respublika bosqichida 1-oʻrinni egallagan tarbiyalanuvchisini tayyorlagan maktabgacha taʼlim tashkilotlarining jismoniy tarbiya yoʻriqchilariga — oliy malaka toifasi;

👉 belgilangan tartibda tasdiqlanadigan xalqaro va respublika miqyosidagi sport hamda ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining respublika, hududiy va jismoniy tarbiya-sport tashkilotlari kalendar-rejalariga kiritiladigan, shuningdek, respublikasi hududida oʻtkaziladigan xalqaro va respublika miqyosidagi rasmiy sport yoki ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlari roʻyxatiga kiritilgan sport musobaqalarining:

➖ (https://t.me/uzbekistan24_tvnews/268419) xalqaro hamda respublika bosqichida 3-oʻrinni egallagan oʻquvchisini tayyorlagan taʼlim tashkilotlari jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilariga — ikkinchi malaka toifasi;

➖ (https://t.me/uzbekistan24_tvnews/268419) xalqaro hamda respublika bosqichida 2-oʻrinni egallagan oʻquvchisini tayyorlagan taʼlim tashkilotlari jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilariga — birinchi malaka toifasi;

➖ (https://t.me/uzbekistan24_tvnews/268419) xalqaro hamda respublika bosqichida 1-oʻrinni egallagan oʻquvchisini tayyorlagan taʼlim tashkilotlari jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilariga — oliy malaka toifasi;

👉  jismoniy tarbiya fani olimpiadasi, “Besh tashabbus olimpiadasi”, olimpiya, noolimpiya va milliy sport turlari boʻyicha uch bosqichli umumrespublika sport musobaqalarining:

➖ (https://t.me/uzbekistan24_tvnews/268419) respublika bosqichida 3-oʻrinni egallagan oʻquvchisini tayyorlagan taʼlim tashkilotlarining jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilariga — ikkinchi malaka toifasi;

➖ (https://t.me/uzbekistan24_tvnews/268419) respublika bosqichida 2-oʻrinni egallagan oʻquvchisini tayyorlagan taʼlim tashkilotlarining jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilariga — birinchi malaka toifasi;

➖ (https://t.me/uzbekistan24_tvnews/268419) respublika bosqichida 1-oʻrinni egallagan oʻquvchisini tayyorlagan taʼlim tashkilotlarining jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilariga — oliy malaka toifasi;

👉 shuningdek, xalqaro matematika (IMO), fizika (IPhO), kimyo (IChO), biologiya (IBO) informatika (IOI) olimpiadalarida:

➖ (https://t.me/uzbekistan24_tvnews/268419) oltin, kumush yoki bronza medalni (birinchi, ikkinchi va uchinchi oʻrinni) qoʻlga kiritgan sovrindor oʻquvchini tayyorlagan taʼlim tashkilotlarining pedagog kadrlariga — oliy malaka toifasi.
4-12-2025, 15:07
Вернуться назад