
Bog‘ot tuman 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida o‘quvchilar “Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual akademiyasi” elektron platformasi (virtual.proacademy.uz/schoolchildren) orqali belgilangan o‘quv dasturi asosida muntazam ravishda masofaviy ta’lim olib bormoqdalar. Har bir sinf uchun alohida tuzilgan reja bo‘yicha darslar tizimli tarzda amalga oshirilmoqda.Platformaga joylashtirilgan elektron darsliklar, video-ma’ruzalar va amaliy topshiriqlar o‘quvchilar tomonidan belgilangan muddatlarda o‘zlashtirilmoqda. Maktab-internat tomonidan tasdiqlangan o‘quv jadvali asosida barcha sinflarda ushbu kurslar bo‘yicha faol ishtirok ta’minlanmoqda.
Ushbu virtual akademiya o‘quvchilarda korrupsiyaga qarshi immunitetni shakllantirish, halollik madaniyatini rivojlantirish hamda huquqiy savodxonlikni oshirishga xizmat qilmoqda.