DataLife Engine / AGENTLIK RAHBARIYATINING SAYYOR QABULI OʻTKAZILADI

AGENTLIK RAHBARIYATINING SAYYOR QABULI OʻTKAZILADI

 Joriy yilning 24-noyabr kuni soat 16:00 da Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi rahbariyati Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida sayyor qabul oʻtkazadi. 

✅️ Sayyor qabulni tashkil etishdan maqsad, aholining Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi ta'lim muassasalari bilan bog‘liq masalalar yuzasidan murojaatlari, taklif va shikoyatlarini oʻrganish, aniqlangan muammo va kamchiliklarni vakolat doirasida tezkor hal etish choralarini koʻrishdan iborat.

🗺Sayyor qabul oʻtkaziladigan manzil: Xorazm viloyati, Urganch shahar, Istiqlol MFY, Sheroziy koʻchasi 2-uy
21-11-2025, 17:28
Вернуться назад